06:24 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
162 0 0

Bank Direktorlar kengashi kuz-qish davrida Oʻzbekiston energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida ushbu loyihani maʼqullagan.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJni 88,6 mln yevro miqdorida moliyalashtirishni maʼqulladi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning bank prezidenti vazifasini bajaruvchi Yurgen Rigterink bilan muzokaralarida maʼlum qilindi.

Bank Direktorlar kengashi tomonidan kuz-qish davrida Oʻzbekiston energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida “Issiqlik elektrostantsiyalari” AJ 88,6 mln yevro miqdorida moliyalashtirilishini maʼqullagan.

Shuningdek, YETTB "Masdar" (BAA)ning “Navoiy viloyati Karmana tumanida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stantsiyasini qurish” loyihasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari amirlik kompaniyasiga 60,0 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratish orqali qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.

Videokonferentsiya davomida tomonlar energetika, sogʻliqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida Oʻzbekistonda davlat xususiy sheriklik shartlariga asoslangan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Bankning kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturini kengaytirishga tayyorligi taʼkidlandi.

Asosiy mavzular