TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovka qilish boshlanishi mumkin. Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirilgan prezident qarori loyihasida aytib oʻtilgan.
Markirovka qilish majburiy boʻlgan mahsulot turlari quyidagilar sanab oʻtilgan:
- Tamaki mahsulotlarini – 2020 yil ning dekabrida
- Alkogolli mahsulotlani – 2021 yilning mart oyida
- Dori vositalari va tibbiy buyumlar – 2022 yilning yanvarida
- Suv va salqin ichimliklar – 2022 yilning fevralida
- Maishiy texnika – 2022 yilning mart oyida
Majburiy markirovka tartibini joriy etishdan maqsad- kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotish, mahsulotlarni qonuniy aylanishini oldini olish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, deyilgan hujjat matnida.