TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. 2020 yilning 8 oyi davomida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan dori-darmon eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln AQSH dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiziston – 3,4 mln, Qozogʻiston – 2,1 mln, Afgʻoniston – 1,5 mln, Turkmaniston – 1,2 mln, Tojikiston – 1,1 mln, Turkiya – 956,7 ming AQSH dollari.
Oʻzbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan dori-darmon import qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln AQSH dollariga kam.
Oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng koʻp import qilgan davlatlar: Hindiston – 102,9 mln, Rossiya – 59,9 mln, Ukraina – 46,1 mln, Latviya – 46,0 mln, Xitoy – 34,1 mln.