13:57 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
43111

Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSH dollariga teng boʻlgan qalampir eksport qilgan.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. 2020 yil 8 oyi davomida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSH dollariga teng boʻlgan qalampir eksport qildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 70,1 ming AQSH dollariga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar: Vyetnam – 219,7 ming, Braziliya – 67,1 ming, Germaniya – 11,1 ming, Rossiya – 4,6 ming, Turkiya – 3,9 ming, Gruziya – 3,5 ming, Ispaniya – 1,1 ming AQSH dollari.

Samarqand viloyati eng koʻp yaʼni, qiymati 121,4 ming AQSH dollariga teng boʻlgan qalampir eksport qilgan.

Asosiy mavzular