Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident farmoni loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Moliya vazirligi tomonidan “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni loyihasini tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘chaboshi va uyboshilarga har oy kompensatsiya to‘lash taklif qilindi

Hujjatda qayd etilishicha, 2021-yil 1-yanvardan:

“a) 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga, umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik biznes subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;

b) jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bunda o‘zini o‘zi band etuvchi shaxslar yengil avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to‘lash bilan bir qatorda jismoniy shahslardan daromad solig‘i belgilangan to‘lov stavka bo‘yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi;

v) riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;

g) tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarining (bojxona nazorati ostidagi tranzit va import tovarlari bundan mustasno) elektron hisob-fakturalar, to‘lov terminallari kvitansiyalari va ulardagi onlayn-kassa mashinalarining cheklarini rasmiylashtirmagan holda harakatlanishi ta’qiqlanadi;

d) hisob-fakturalarni elektron almashinuvi bilan bir qatorda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish shartnomalarini va inventarizatsiyani olish uchun ishonchnomalarni majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;

Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Yevroprotokol va majburiy sug‘urta: IIV hukumat qarori loyihasini tayyorladi

e) qurilish korxonalariga ishchilarni ish haqini uning hajmi hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondining jami miqdorining 10 foizidan oshmagan holda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi. Bunda:

qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek har oyda davlat soliq organlariga shartnomasiz qabul qilingan xodimlarning reyestrini, ularga to‘langan naqd pul miqdorini ko‘rsatib boradi;

Davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reyestrlar asosida soliq to‘lovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiyalaydilar va to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisobga olishni ta’minlaydilar.

Belgilansinki, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ro‘y bergan taqdirida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi”, - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0