12:31 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
218 0 0

Tadbirkorlarga mahsulotlarini xorij fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish uchun karantin inspektorlari biriktiriladi

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Oʻzbekiston yangi eksport bozorlarini topishda dastlabki qadamlar tashlanganini eʼlon qildi. Xususan, 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomalar olingan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova maʼlum qildi.

Xususan, ayni vaqtda Hindistonga 38 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportiga ruxsat olinib, yana 6 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Yaponiyaga  58 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportiga ruxsat olinib, yana 6 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Koreyaga  43 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 11 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Filippinga 24 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 14 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Isroilga 19 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 9 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Tailandga 24 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 7 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Iordaniyaga 28 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 10 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Pokiston hamda Eronga 22 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 13 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Bangladeshga 22 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 7 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, "Oʻzdavkarantin" inspektsiyasi va Xitoy Bosh bojxona maʼmuriyati oʻrtasida kelishilgan "2019-2020 yillar davomida oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida" chora-tadbirlar dasturi asosida XXR Bojxona xizmatidan quyidagi 14 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalari olingan: gilos, qovun, anor, achchiq qalampir, dukkakli va donli mahsulotlar: yeryongʻoq, mosh, loviya, kunjut, qobiqsiz grek yongʻogʻi, oʻrikning achchiq va shirin danaklari, mayiz, quritilgan oʻrik va quritilgan achchiq qalampir.

Shuningdek, limon, uzum, olxoʻri, nektarin, oʻrik, loviya, quritilgan qovun va oʻrik mahsulotlarni eksport qilish uchun Xitoy karantin xizmatining fitosanitariya ruxsatnomalarini olish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangi "Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaror loyihasida mahsulot yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda jahon standartlariga javob beradigan mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagi yangi mexanizmlar taklif qilinmoqda:

Aniqlangan zararli organizmlar va fitosanitar dala nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida "Oʻzdavkarantin" inspektsiyasiga ixtiyoriy murojaat qilgan va oqibatini bartaraf etgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

2021 yil 1 oktyabrga qadar oʻsimliklar biolaboratoriyalari va oʻsimliklar klinikalarining soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorliklarini undirish toʻxtatiladi;

tadbirkorlik subʼyektlariga mahsulotlarini xorijiy davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish, maslahat berish
va amaliy yordam berish uchun karantin inspektorlari biriktiriladi;

Shuningdek, Davlat rahbari yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifini ilgari surib, inspektsiya tizoʻimidagi karantin ilmiy markazi negizida davlat muassasasi shaklidagi Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishini hamda markaz tizimida zamonaviy laboratoriyalarga ega boʻlgan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali, Samarqand davlat universiteti va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida mintaqaviy filiallari oʻz faoliyatini boshlaydi.

Ushbu markaz va uning filiallari nafakat inspektsiya xodimlarining malakasini oshirish, balki eksportbop mahsulot tayyorlovchi dehqon-fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subektlari hamda mahsulotlarni eksportga tayyorlovchi qadoqlash tsexlarining mutaxassisislarini xalqaro fitosanitariya standartlari hamda importyor davlatlar tomonidan dala,  bogʻ, issiqxona va qadoqlash tsexlariga  qoʻyilayotgan import fitosanitariya talablarini joylarda joriy etish boʻyicha malakasini oshirib boradi. Shuningdek, sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekistonda oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi sohada xalqaro standartlarni joriy etib, eksportga koʻmaklashish, xorijiy davlatlar bilan bitimlar tuzish, oʻsimliklar klinikasi va biolaboratoriyalar tashkil qilish, shuningdek, amaliyotga ilm-fan yutuqlarini olib kirib, soxadagi ilmiy tadqiqotlarni xamda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada yangi bosqichga koʻtarish belgilangan.

Inspektsiya Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha Xalqaro konventsiyaga  aʼzo boʻlib, qoidalarga mos ravishda  Oʻzbekiston Respublikasining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda majburiyatlarini samarali amalga oshirishda masʼul vakolatli organ etib belgilangan.

Inspektsiya tomonidan sertifikatsiya hujjatlari uchun 6 xil qogʻoz   shaklidan voz kechilib, 1 ta elektron ariza berish tizimi joriy etilgan. Arizani koʻrib chiqish muddatlari eksportda 10 kundan 1 kunga, importda 30 kundan 3 kunga qisqartirilgan.

Bu borada,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda "e-Fitouz" avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan. Mazkur tizim oʻz oʻrnida "daladan eksportgacha"boʻlgan zanjirni qamrab olib, eksport-import jarayonlarini tezlashtirishda qator qulayliklarni yaratadi. Xususan, Inspektsiya tomonidan berilayotgan ruxsatnoma va sertifikatlarni elektron tarzda taqdim etish va arizalarni qabul qilish orqali maʼlumotlarni yagona elektron bazaga yigʻish amaliyoti tadbiq etiladi.

Asosiy mavzular