13:07 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
194 0 0

Yangi yildan boshlab xorijdan olinadigan joʻnatmalar qiymati 200 dollar va ogʻirligi 10kg miqdorida cheklanishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda xorijdan bir kvartal davomida olinadigan joʻnatmalar summasini 1000 dollardan 200 dollarga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.

Yangi qonunga koʻra, 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab bojxona toʻlovlarisiz olib kelinayotgan joʻnatmalar miqdorini besh baravar – 200 dollargacha kamaytirish rejalashtirilgan. Aynida damda bir kvartalda umumiy qiymati 1000 dollargacha boʻlgan mahsulot olib kirish mumkin.

Buyurtma berilgan mahsulot qiymati 200 dollardan oshgan taqdirda fuqarolar undan bojxona toʻlovi toʻlash talab qilinadi.

Aytish joizki, cheklov nafaqat posilka qiymati balkim uning vazniga nisbatan ham kiritilgan. Xususan joʻnatmaning brutto ogʻirligi – 10 kilogramdan oshmasligi kerak.

Loyihani muhokama qilish 23 oktyabrga qadar davom etadi. Ayni damda Davlat Bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi kiritilishi, belgilangan meʼyordan oshgan posilkalardan olish rejalashtirilayotgan Yagona bojxona toʻlovini ishlab chiqmoqda.

Qonun loyihasida aytilishiga koʻra, ushbu choralar mamlakatda tadbirkorlikni amalga oshirish uchun teng raqobatbardosh sharoit yaratish hamda yashirin iqtisod darajasini pasaytirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda. 

Asosiy mavzular