Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O‘zbekiston ovozi jaranglashi kerak - prezident

Obuna bo‘lish
Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, kabi O‘zbekiston brendlarini xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish mumkin - prezident.

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan navbatdagi onlayn yig‘ilishda O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish va mahalliy tovar belgilarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Xususan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston korxonalari tomonidan bugungi kunda bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilganiga e’tibor qaratdi va brendli mahsulotgina yaxshi sotilishini qayd etdi. 

- Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O‘zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo‘lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallay oladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Masalan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib, xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish mumkin.

Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Intellektual mulk agentligiga direktor tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yuridik universitetga tegishli topshiriqlar berildi. Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish masalalari ham muhokama qilindi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi.

Torgovlya fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston meva-sabzavotlari yagona brend ostida eksport qilinadi

O‘zbekiston esa hozircha bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketgan. Mamlakat ichida yiliga 4500 ta intellektual mulk obyekti va 2000ta tovar belgilari ro‘yxatdan o‘tsada intellektual mulkdan samarali foydalanilmayapti. 

O‘tgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutug‘i ro‘yxatga olingan bo‘lsada, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilgan xolos.

Shu bois bunday ilmiy yutuqlarning “elektron yarmarkasi”ni tashkil etish lozimligi ta’kidlandi va izxtirochilarni tadbirkorlar bilan bog‘lash kerakligini ta’kidladi prezident. 

- Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog‘lash kerak, - dedi Prezident.

Yana bir muammo – yurtimizda san’at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalgan.Misol uchun, O‘zbekiston kinoteatrlari, radio  va telekanallar tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilish va mualliflar manfaatini ta’minlash vazifasi yuklandi. 

- Intellektual mulk himoyasini mustahkamlay olsak, bu ham uchinchi Renessansga ishonchli poydevor bo‘ladi, - dedi Prezident.

Undan tashqari, prezident O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan yana bir voqeaga e’tibor qaratdi. Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro‘yxatdan o‘tkazib olgan. Shu sababli O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar kelishiga to‘siq paydo bo‘lmoqda. Prezident ana shunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Yangiliklar lentasi
0