23:25 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
18630

Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlarni joriy etishga doir prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. “Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

“Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining:

islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlarni joriy etish hamda nazorat ostidagi mol-mulk va mulkiy huquqlarga nisbatan iqtisodiy nazorat huquqini baholash va sotish (boshqaga oʻtkazish) imkoniyatini yaratadigan benefitsiar mulk huquqini belgilash va sotish (boshqaga oʻtkazish) sohasida ingliz huquqi meʼyorlarini qoʻllash uchun respublikada kerakli infratuzilma yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va muomalaga chiqarishni tartibga soluvchi vakolatli davlat organi sifatida belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar boʻyicha qoʻmitasi sukuk qimmatli qogʻozlari chiqarilishining islom moliyalashtirish tamoyillariga muvofiqligini tasdiqlovchi vakolatli organ sifatida belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik bersilsin”, - deyilgan hujjatda.

Sukuk qimmatli qogʻozlari – islom moliyalashtirish tamoyillariga asosan chiqarilgan, mol-mulkka egalik qilish huquqi va mulk hamda mulkiy huquqdan foydalanish va (yoki) ulardan foydalanishdan olinadigan daromadlar, ushbu qimmatli qogʻozlar moliyalashtirilishi maqsadida chiqarilgan maʼlum loyihalar xizmatlari yoki mol-mulkiga boʻlgan boʻlinmas huquqni tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar.

Loyihada yozilishicha, sukuk qimmatli qogʻozlari hisobiga moliyalashtirish ssuda foizi yoʻqligini nazarda tutib, sukuk qimmatli qogʻozlarini xarid qiladigan investorlarning moliyalashtirilayotgan tadbirning daromadi evaziga kafolatlanmagan daromad olishlarini nazarda tutadi.

Sukuk qimmatli qogʻozlarining chiqarilishi maxsus moliyaviy kompaniyani tashkil etish va qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining xorijiy va mahalliy maydonchalarida maxsus moliyaviy kompaniya (keyingi oʻrinlarda – emitent) emissiyasi orqali, ikkita – taʼminlangan (asset-backed) va taʼminlanmagan (mol-mulk asosidagi (asset-based) usulda amalga oshiriladi.

Sukuk ijara qimmatli qogʻozlari (sukuk al ijara)ni chiqarishda originator mol-mulkka boʻlgan benefitsiar mulk huquqi (iqtisodiy nazorat huquqi)ni jalb etilayotgan moliya evaziga ijara qimmatli qogʻozlari (sukuk al ijara)ning qayta sotib olish muddatiga benefitsiar mulk huquqi (iqtisodiy nazorat huquqi)ni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish bilan sotish majburiyatini oladi.

"Agentlik, BMT Taraqqiyot dsturi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida Oʻzbekistonda islom moliyalashtirishni joriy etish boʻyicha "Niyatlar bayonoti" (Statement of Intent) imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin", - deyilgan hujjatda.

Asosiy mavzular