Milliy bank obligatsiyalari savdosi muvaffaqiyatli boshlandi

© Commons.wikimedia / Or2008Natsionalniy bank Uzbekistana
Natsionalniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zmilliybankning London birjasidagi ilk bor obligatsiyalar joylashtirishi muvaffaqiyatli o‘tdi, savdoning birinchi kunida talab taklifdan 2 baravar yuqori bo‘ldi.

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi, deb xabar qilmoqla Moliya vazirligi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan London fond birjasida 5-yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi", - deyilgan xabarda. 

Yevroobligatsiyalarning debut emissiyasi O‘zmilliybank tomonidan Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC Nikko (Yaponiya) va Gazprombank (Rossiya) kabi xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Goskorporatsiya VEB.RF i uzbeksko-rossiyskoe SP Kamaz Asia Leasing v ramkax biznes-missii goskorporatsii v Uzbekistan podpisali kreditniy dogovor po finansirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank Rossiya banklararo axborot almashuv tizimiga qo‘shildi

2020 yil 14-oktabrda investorlarning takliflariga asoslangan moliyaviy konsultantlarning tavsiyasiga ko‘ra, obligatsiyalar daromadlilik foiz stavkasi 5 - 5.25% (low-5%) miqdorida belgilandi va London vaqti bilan soat 08:15 da buyurtmalar kitobi ochiq deb e’lon qilindi.

Shu kun soat 17:00 da bank tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyaning yakuniy foiz stavkasi va kuponi aniqlandi. Sarmoyadorlar tomonidan talab emissiya hajmidan ikki baravar yuqori bo‘lganligi sababli, kuponning yakuniy qiymati yiliga 4,85%ni tashkil etib, savdo paytida boshlang‘ich foiz stavkadan 0,30% ga kamaydi. Buni muvaffaqiyatli emissiya deyish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 12-13 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan roud-shou tadbiri doirasida AQSh, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investorlari ishtirokida global audiokonferensiya (Global Investor Call) o‘tkazilgan edi. Tadbir doirasida Moliya vazirligi va O‘zmilliybank vakillari xorijiy investorlarga joriy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti va bank sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0