04:00 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
965 0 0

Vazirning soʻzlariga koʻra, milliy valyuta kursi pasayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni kamroq importga bogʻliq boʻlishga undaydi va mahalliy xom-ashyo asosida ishlaydigan korxonalarga yutuq beradi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiya Savdo va sanoat vaziri Denis Manturov Bloomberg nashriga bergan intervyusida rubl kursining pasayishi - bu "ajoyib", - deb atadi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Vazirning soʻzlariga koʻra, milliy valyuta kursi pasayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni kamroq importga bogʻliq boʻlishga undaydi va mahalliy xom-ashyo asosida ishlaydigan korxonalarga ustuvorlik beradi. 

"Yil boshidan buyon sodir boʻlgan rublning salkim 20 % qadrsizlanishi - bu Rossiya kompaniyalari xorijiy mahsulotlarga muhtojligini kamaytirishga intilishi uchun yaxshi sharoit yaratadi", - dedi Manturov. 

Shuningdek Manturov hukumat tomonidan ham biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

"Biz inqiroz choʻqqisi ortda qoldi deb umid qilamiz. Iqtisod koʻp sohalarda juda tez tiklandi", - dedi Manturov. 

Milliy valyuta qadrsizlanishi neft narxining tushishi va Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar poʻpisasi oqibatida sodir boʻldi, deyilgan Bloomberg xabarida. Albatta koronavirus epidemiyasi ham bunga oʻz hissasini qoʻshdi. Lekin ikkinchi kvartalda susayishi kuzatilgan Rossiya iqtisodi yoz davomida oʻzini tiklab oldi. 

Asosiy mavzular