21:42 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
77 0 0

Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yilgi davlat byudjetida ijtimoiy sohani keng qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy intizomni kuchaytirish hamd iqtisod oʻsishini taʼminlash nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2021 yilgi davlat byudjeti muhokama qilindi. 

Majlisda xabar berilishiga koʻra, ushbu yil sodir boʻlgan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishga 13,4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish kerak boʻlgan. Oʻz vaqtida qabul qilingan qarorlar va koʻrilgan choralar natijasida joriy yilgi byudjet ijrosi taʼminlangan. 

Kelgusi yilda ham COVID-19 pandemiyasi davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishi kutilayotgani tufayli 2021 yil davlab byudjetida ushbu vaziyat inobatga olish kerakligini qayd etildi. 

Respublikada makroiqtisodiy barqarorlik va belgilangan tushumlarini toʻliq taʼminlash uchun 2021 yili iqtisodiyotda kamida 5,1 foiz, jumladan, sanoatda 5,8 foiz, xizmatlar va qurilishda 6,5 foizdan oʻsishni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Inflyatsiya darajasi va byudjet defitsitini prognoz koʻrsatkichlaridan oshirmaslik kerak.

Prezident, byudjetni taʼminlash hamda ijtimoiy va boshqa sohalarni kerakli mablagʻ bilan taʼminlash uchun quyidagi choralarni koʻrish kerakligini taʼkidladi: 

  • yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, 600 ming ish oʻrnini legallashtirish, 53 ta idoraning maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish;
  • markirovka qoʻllaniladigan mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga byudjetga qoʻshimcha mablagʻlar tushirish;
  • gaz taʼminotini oshirish hamda hisob-kitobni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali aktsiz soligʻidan qoʻshimcha 500 milliard soʻm mablagʻ tushirish;
  • elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hisobiga qoʻshilgan qiymat soligʻidan qoʻshimcha 250 milliard soʻm byudjetga daromad tushirish;
  • Transport vazirligiga keyingi yili qatnovlarni tiklash, yangi marshrutlarni ochish hisobiga byudjetga tushumlarni 2019 yildagi koʻrsatkichlarga yetkazish vazifasi qoʻyildi;
  • byudjet xarajatlari ochiq-oshkora boʻlishi, vazirlik va idoralar, hududlar uning har bir soʻmini oqilona sarflashi kerakligi;
  • moliyaviy intizom va nazoratni kuchaytirish. Moliya vazirligiga tashkilotlarda ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy xarajatlar va kamomadlarga yoʻl qoʻymaslik;
  • davlat idoralarining xarajatlar tarkibi va natijadorligi ularning rasmiy saytlarida eʼlon qilish tartibi joriy qilinadi va buni Oliy Majlis palatalari hamda mahalliy kengashlar nazorat qiladi;

Undan tashqari, bosh vazir oʻrinbosarlariga keyingi yil uchun markazlashgan, xorijiy va xususiy investitsiya dasturlarini shakllantirish vazifasi qoʻyildi.

 

Asosiy mavzular