Uzbekistan airways chipta narxini tushirdi

© Uzbekskie avialiniiSpetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent - Dubay yo‘nalishida chiptalar narxi arzonlashdi, parvozlar haftasiga to‘rt marotaba amalga oshiriladigan bo‘ldi.

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Uzbekistan airways Toshkent - Dubay - Toshkent yo‘nalishida chipta narxini tushirganini e’lon qildi. 

Kompaniya xabariga ko‘ra, bundan buyon ushbu yo‘nalishda ekonom klass chiptalar bir tomonga 209 Yevro, ikki tomonga 319 Yevrodan sotiladi. Chipta narxiga 30 kg yuk va 8kg qo‘l yuki ham kiritilgan.

Toshkent - Dubay yo‘nalishidagi parvozlar 25-oktabrdan boshlab haftasiga 4 marotaba: dushanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari amalga oshirila boshlaydi. Parvozlar jadvali bilan kompaniya saytida tanishish mumkin. Chiptalarni internet orqali yoki “Uzbekistan airways” kassalari  orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda "Moskva Toshkent" yo‘nalishida ekonom klass chiptalar narxi 394 Dollarni tashkil qiladi.Parvozga chiqishdan oldin har bir yo‘lovchidan koronavirusga chalinmaganligi haqida ma’lumotnoma talab qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0