15:26 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
26011

Oʻzbekistonda “Škoda Kodiaq” ikkita komplektatsiyada taqdim etiladi. Narxi komplektatsiyasiga qarab 347 mln soʻmdan 399 mln soʻmgacha tashkil qiladi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Joriy yil 20 oktyabr kuni Škoda Kodiaq avtomobilining Oʻzbekiston bozoriga chiqishiga bagʻishlangan taqdimoti boʻlib oʻtdi.

“Kodiaq” mintaqaning iqlim va ekspluatatsiya sharoitlari hisobga olingan holda ishlab chiqariladi va unga 180 ot kuchi hamda 320 Nm aylanuvchi momentga ega turbodvigatel (2.0 Turbo) oʻrnatiladi. Avtomobil DSG 7 yetti pogʻonali uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Shuningdek, u yomon yoʻllar uchun “aqlli” toʻliq uzatma hamda panorama tomga ega.

Oʻzbekistonda “Škoda Kodiaq” ikkita komplektatsiyada taqdim etiladi:

  • besh oʻrindiqli Ambition - 347 million soʻm;
  • yetti oʻrindiqli Style - 399 million soʻm.

Taʼkidlanishicha,  yaqin haftalar ichida Toshkent va Qoʻqonda yana ikkita dilerlik markazini ochish rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular