02:29 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
5410

Osiyo taraqqiyot banki “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi uchun 110 mln dollar ajratadi.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik.  Afgʻoniston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hujjat 110 mln dollar ajratishni nazarda tutadi. Mablagʻlarning asosiy qismi tashkilotning oʻzbek pudratchilari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlariga yoʻnaltiriladi. 

“Yaqin kelajakda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Da Afghanistan Breshna Sherkat” oʻrtasida ushbu EULni qurish boʻyicha tegishli shartnoma imzolanadi”, - deyilgan xabarda.

"Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi dastlabki qiymati 150 million dollar boʻladi va undan 32 millioni Oʻzbekiston ichida amalga oshiriladigan ishlar uchun qolgan 118 millioni Afgʻonistonda bajariladigan ishlarga sarflanadi. Elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi, undan 45 kilometri Oʻzbekiston hududi boʻylab, 215  kilometri – Afgʻoniston hududi boʻylab oʻtadi.

Loyiha oʻzini qoplash muddati – 12 yil, oʻtkazish quvvati – 1000 MVt. Yaʼni undan qoʻshni mamlakatga kuniga 24 mln Vt/soat, yiliga esa 6 milrd kVt/soat energiya yetkazib berish mumkin.

Asosiy mavzular