05:55 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
7701

Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajadasi oʻzgarishsiz saqlab qoldi.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi 22 oktyabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

“Ushbu qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qolish, yuzaga kelgan vaqtinchalik inflyatsion xatarlar fonida, iqtisodiy faollikni yanada ragʻbatlantirish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi va oʻrta muddatli davrda inflyatsiya dinamikasining yanada sekinlashishi oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratilgan”, - deyilgan MB xabarida.

Taʼkidlanishicha, bank inflyatsiyaning yil yakuni boʻyicha prognozini yillik 11−12,5 foiz darajasida saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻradi.

Asosiy stavka boʻyicha kelgusidagi qarorlar inflyatsiyaning joriy va prognoz dinamikasi shakllanishi, shuningdek, ichki va tashqi xatarlarni baholash asosida qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 10 sentyabr kuni Markaziy bank  asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, 14 foiz etib belgilagan edi.

Asosiy mavzular