Boshqirdiston O‘zbekistonga yoqilg‘i eksporti 45 baravarga oshdi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishSisterni dlya nefteproduktov
Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi 5-yil ichida respublikalar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,5 barobar o‘sib, 60 million dollardan 99 million dollarga yetgan.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. 2020-yil yanvar-avgust oylarida Boshqirdiston Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 2019-yilga nisbatan 76 foizga oshdi. Bunga yoqilg‘i eksportining 45 baravar o‘sishi hisobiga erishildi. Boshqirdiston Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Hamkorligimizning ijobiy natijasi shundaki, 2020-yil yanvar-avgust oylarida tashqi savdo aylanmasi 2019-yilga nisbatan 76 foizga o‘sdi, bu yoqilg‘i eksporti hajmining 45 baravar ortishi hisobiga yuz berdi”, - dedi qo‘mita raisining o‘rinbosari Lena Izotova.

Uning ta’kidlashicha, eksportning jadal sur’atda o‘sishi “Shakar va shakar mahsulotlari” mahsulot guruhida kuzatilmoqda. Uni yetkazib berish miqdori 149 dollardan deyarli 5 million dollargacha o‘sgan. 2020-yilda mintaqaning 147 korxonasi O‘zbekistonga eksportni amalga oshirgan.

Mejdunarodniy aeroport  Begishevo  - Sputnik O‘zbekiston
Tataristondan Toshkentga muntazam parvozlar ochilmoqda

Boshqirdiston Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qo‘mitasi raisi Margarita Bolicheva respublikaning tashqi va tashqi iqtisodiy siyosatida O‘zbekistonga muhim o‘rin ajratilganini ma’lum qildi.

Bolicheva keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 5-yil ichida respublikalar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,5 barobar o‘sib, 60 million dollardan 99 million dollarga yetdi.

Bunday o‘sish mexanik uskunalar va texnika, yog‘och mahsulotlari, shisha buyumlar eksportining ortishi, shuningdek, O‘zbekistondan importning o‘sishi bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0