Jahon banki innovatsiyalarni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 50 mln dollar ajratdi

Obuna bo‘lish
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistondagi innovatsiyalar tizimini modernizatsiya qilish uchun 50 mln dollar ajratishni ma’qulladi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI) va universitetlarda xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga hissa qo‘shadi va ularning ish natijalarini tijoratlashtirishga imkon beradi.

Tadqiqot mavzulari qayta tiklanadigan energiya manbalari, kam uglerodli texnologiyalar, tibbiyot va virusologiya sohasidagi turli mavzular, shu jumladan COVID-19 hamda boshqa ilm-fan va texnologiyalarning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xalqaro ekspert jurnallarida 50 ga yaqin maqolalarni nashr etish rejalashtirilgan.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Jahon banki hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Bundan tashqari, mahalliy firma va kompaniyalar mahalliy hamda xalqaro bozorlarda talabga javob beradigan yangi yoki mavjud innovatsion mahsulotlar va xizmatlarning startap va ilmiy-tadqiqot ishlariga sarmoya kiritish uchun 30 ga yaqin grant olishlari mumkin. Masalan, ular tibbiyot, farmatsevtika va biotexnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda, shuningdek ilm-fan va texnologiyaning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarida loyihalarni moliyalashtirishga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Loyiha doirasida alohida ilmiy-tadqiqot institutlari infratuzilmasi va laboratoriyalarini modernizatsiya qilishga mablag‘lar ajratiladi, ularning ro‘yxati tegishli tashkilotlarning ehtiyojlarini har tomonlama baholagandan so‘ng Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, loyiha mablag‘lari O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni tijoratlashtirishni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasini tayyorlashga hamda ushbu sohalarda tegishli institutsional islohotlarni o‘tkazishga sarflanadi.

Yangiliklar lentasi
0