Atom energetikasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalovchi Nizom tasdiqlandi

© Foto: Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishRovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, arxivnoe foto
Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston atom energetikasi sohasida ishlayotgan korxonalar faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom qabul qilindi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘zbekiston Hukumatining 663-sonli qarori bilan "Atom energetikasidan foydalarish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom" tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan litsenziyalanadi. Litsenziya faqat yuridik shaxslarga belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Ushbu nizom atom energetikasi bilan bog‘liq quyidagi faoliyat turlarini litsenziyalaydi:

  • yadroviy qurilmalarni va saqlash punktlarini barpo etish, ulardan foydalanish;
  • radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish;
  • radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash, tashish va saqlash; 
  • atom energetikasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqot o‘tkazish;
  • atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash, xizmatlar ko‘rsatish va boshqalar;

Litsenziya talabgorlari litsenziya olish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun BHMning 4 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ariza olingandan boshlab 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkillashtirish va o‘tkazish muddatlari bundan mustasno) litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror xavfsizlikni asoslash ekspertizasini yakunlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida qabul qilinadi. Litsenziya berilgani uchun BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0