19:12 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
92420

SHHT davlatlari oʻz hududida milliy valyutalarda hisob-kitob qilish, kreditlash va moliyaviy axborot almashishni yoʻlga qoʻyishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. Bugun boʻlib oʻtgan Shanxay Hamkorligi tashkiloti davlatlarining Banklararo uyushmasi onlayn konferentsiyasida SHHT davlatlari orasida milliy valyutalardan foydalanish ustuvorliklari belgilab olindi

Xususan, SHHT Banklararo uyushmasi savdo-iqtisodiy aloqalar hajmida oʻzaro ishonchga tayangan holda, milliy valyutalar ulushini oshirishga kelishib olishdi.

Bu borada SHHT hududida quyidagi bayonotni qabul qilindi:

  1. Milliy valyutalarda kreditlash hajmini kengaytirish, SHHT doirasidagi qoʻshma loyihalarda milliy valyutalardan kengroq foydalanish;
  2. Banklararo korrespondent hisob raqamlari ochish, Tashkilot hududida milliy valyutada hisob-kitob hajmini kengaytirish; 
  3. Milliy valyutalardagi likvid aktivlardan foydalanish mexanizmlarini birgalikda yaratish;
  4. Valyuta risklarini cheklash (xedjirovaniye) boʻyicha birgalikda moliyaviy aspoblarni yaratish;                 
  5. SHHT kapital bozori instrumentlarini, jumladan milliy valyutalarda obligatsiya chiqarish va kreditlashning boshqa  shakllarini, avvalombor, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda foydalanish;
  6. SHHT aʼzolari tashqi iqtisodiy aloqa subʼyektlari orasida milliy valyutada hisob-kitob qilishni yoʻlga qoʻyish, bosqichma-bosqich toʻliq milliy valyutalarga oʻtish; 
  7. SHHT davlatlari orasida moliyaviy maʼlumot almashish ishonchliligini oshirish maqsadida SWIFT va undan boshqa tizimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish; 
  8. SHHT davlat rahbarlarining 2018 yilda Tsindao shahridagi kelishuvga muvofiq, Tashkilot aʼzolari orasida oʻzaro hisob-kitobda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishni amalga oshirish. 

SHHT Banklararo uyushmasi yuqorida aytib oʻtilgan printsiplarga oʻz faoliyatida amal qilishga, taʼbir joiz boʻlgan, milliy manfaatlarga zarar yetkazmagan va ichki qonunlarga zid boʻlmagan joylarda ularni amalda tatbiq etish uchun barcha yordamni koʻrsatishga tayyor. 

 

Asosiy mavzular