05:58 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
502 0 0

Tojikistonda aholi jon boshiga yillik daromad miqdori 833 $ni tashkil qiladi. Qirgʻizistonda ushbu koʻrsatgich - $1 147, Oʻzbekistonda – $1 762.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Tojkistonda aholi jon boshiga yillik daromad miqdori 833 dollarni tashkil qiladi. Bu haqida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining oktyabr oyida eʼlon qilingan hisobotida aytib oʻtilgan.

Hujjatda aytilishiga koʻra, Qirgʻizistonda ushbu koʻrsatgich - $1 147, Oʻzbekistonda – $1 762, Qozogʻistonda – $8 781. Turkmaniston haqida maʼlumot yoʻq.

Sobiq SSSR hududida jon boshiga eng yuqori daromad Boltiqboʻyi mamlakatlarida qayd etilgan. Estoniyada - $23 000, Litvada – $19 800, Latviyada $17 200.

Rossiyada jon boshiga daromad miqdori $9 972, Belarusda - $6 133, Armanistonda  – $ 4 314, Moldovada – $4 267, Ozarbayjonda – $4 124 va Ukrainada – $3 491ni tashkil qildi.

XVJ maʼlumotiga koʻra dunyoning eng boy mamlakatlari Qatar $139 000, Makao – $113 000, Lyuksemburg – $112 000 va Singapur – $105 000.

Eng kambagʻal mamlakatlar esa: Kongo - $661, Burundi – $630 va MAR – $368.

Asosiy mavzular