O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchinchi chorakda oltinga 892,3 tonnagacha kamaydi va 2009-yildagi minimumgacha yetdi. Bu holat investorlar va iste’molchilar shu paytga qadar o‘zida pandemiya oqibatlari ta’sirini his etishayotganini anglatadi

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. 2020-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlarida keltirilgan.

Vedushiy analitik QBF Oleg Bogdanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston to‘plangan oltinni qay tarzda oqilona taqsimlashi mumkin - Bogdanov

O‘zbekiston Markaziy banki 35 tonna qimmatbaho metallni sotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni 22 tonna ko‘rsatkich bilan Turkiya egallagan. Rossiya esa 1,2 tonna ko‘rsatkichi bilan faol oltin sotuvchi mamlakatlar qatoridan joy olgan.

Oltin savdosining ortishi ayrim ishlab-chiqaruvchi-davlatlar pandemiyaoqibatlarini yumshatish uchun oltinga bo‘lgan rekord darajadagi narxlardan foydalanib qolish maqsadlari bilan bog‘liq, deb ta’kidlagan Bloomberg ekspertlari.

Oltin narxi avgust oyining boshida rekord darajaga - ya’ni bir unsiya uchun 2067 dollarga ko‘tarilgan.

MB O‘zbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini ma’lum qildi >>>

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi boshlarida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyidan buyon birinchi bor qisqargan edi.

Yangiliklar lentasi
0