00:22 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
342 0 0

“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilgʻisining narxi 6000 soʻmni tashkil etadi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilgʻisining narxi 6500 soʻmdan 6000 soʻmga arzonlashtiriladi.  Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy.
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

Taʼkidlanishicha, kompaniya neft mahsulotlarining narxini bosqichma-bosqich arzonlashtirmoqda. Jumladan, “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilgʻisi 6000 soʻmdan sotila boshlaydi.

“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam oʻrganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi», – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Avvalroq Ai-92 markali benzin narxi 15 sentyabrdan boshlab arzonlashtirilgani haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular