07:06 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
138 0 0

Monopoliyaga arshi kurashish qoʻmitasi fermer xoʻjaliklarining yillik umumiy daromadining 0,5 %ini Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish taklifiga qarshi chiqdi.

TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi chorvachilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha mablagʻ undirishni joriy etilishiga eʼtiroz bildirildi, deb xabar qilmoqda Qoʻmita matbuot xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan yangi qonun loyihasida 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklaridan yillik umumiy daromadining 0,5 foizi miqdorida yigʻim undirilishi va uni ushbu qoʻmita huzuridagi "Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga" yoʻnaltirish belgilangan. 

"Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini oʻrganib chiqib, tegishli tartibda loyihaga oʻz taklif va eʼtirozlarini yubordi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, “Fermer hoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob varagʻidan mablagʻlarni faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot sifatida shuni aytish mumkin-ki, 2020–2030 yillarga moʻljallangan Strategiyasining 4-boʻlimi hamda “Yoʻl xaritasi”ning 129-bandida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida “Oʻzchorvasugʻurta” sugʻurta fondini tashkil etish koʻrsatilgan.

 

 

Asosiy mavzular