18:28 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
142 0 0

Qozogʻiston hukumati delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Qozogʻiston bosh vazirining oʻrinbosari Roman Sklyar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston sanoat kooperatsiyasi sohasida 22 ta aniq loyihalarni amalga oshiradi. Bu ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasida koʻzda tutilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tegishli hujjat Qozogʻiston hukumati delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida imzolandi. Uni Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Qozogʻiston bosh vazirining oʻrinbosari Roman Sklyar imzoladi.

Podpisaniye soglasheniya o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom
Podpisaniye soglasheniya o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom

Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish boʻyicha oʻzaro aloqalarning borishi atroflicha koʻrib chiqildi - mashinasozlik, agrosanoat majmuasi, chorvachilik, yengil, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha qoʻshma investitsiyaviy loyihalari sonini koʻpaytirish boʻyicha keyingi qadamlar belgilab olindi.

Imzolangan hujjatlar ijrosinining muntazam monitoringini olib boradigan va ularning toʻliq ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq takliflar kiritadigan qoʻshma ishchi guruhini tuzish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq  Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular