22:14 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
134 0 0

Mamlakat 2020 yilning 9 oyida bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan tsement eksport qilgan.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda joriy yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna tsement ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 102,6 % ni tashkil etdi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Tsement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 47,2 %, Navoiy viloyati 35,5 % hamda Fargʻona viloyati 11,8 % hissasiga toʻgʻri kelgan.

Mamlakat 2020 yilning 9 oyida Afgʻoniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tsement eksport qilgan.

Oʻz navbatida mamlakatga Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan  qiymati 87,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tsement mahsuloti import qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda tsement importi tartibi soddalashtirilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular