O‘zbekiston 8 ta davlatga atirgul eksport qildi

© AFP / Mauricio DuesasBuket roz
Buket roz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 oyi davomida O‘zbekiston atirgul eksportini 19,8 million dollariga yetkazdi. Eng ko‘p Qirg‘iziston va Rossiyaga atirgul eksport qilindi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. 2020-yil 9 oyi davomida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 19,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSh dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p atirgul eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iz Respublikasi – 19,5 mln. 

Rossiya – 135,8 ming 

Qozog‘iston – 120,7 ming

Tojikiston – 60,5 ming 

Turkiya – 8,9 ming AQSh dollari

Andijon (32,3 %) va Namangan (22,1 %) viloyatlari respublikadagi jami atirgul eksportida 55 % ulushga ega.

2020 yil 9 oyida hududlar orasida Andijon viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 6,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan.

Yangiliklar lentasi
0