14:39 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
20720

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida dizel yonilgʻisini yangi uslubda tozalash qurilmasi ishga tushirilib "Yevro-4" va "Yevro-5" standartidagi dizel yonilgʻilarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Fargʻona viloyatida "Yevro 4" va "Yevro 5" dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish boshlandi, deb xabra qilmoqda Energetika vazirligi. 

"Bugun 5 noyabr kuni Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida «Yevro 4» va «Yevro 5» markali dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarishga start berish tadbiri boʻlib oʻtdi", - deyilgan xabarda.

Tadbirda Energetika vaziri oʻrinbosari Behzot Narmatov, Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, Jizzakh Petroleum bosh direktori Shokir Fayzullayev, FNQIZ direktori Xabib Latipov va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2010 yil 2 iyunda “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish” toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan edi. Unga koʻra korxonada investitsiya loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda mazkur zavodning GDS qurilmasi (dizel yoqilgʻisini gidrotozalash)dagi 1,3 million AQSH dollar qiymatli katalizator almashtirish yoʻli bilan birinchi bosqich ishlari amalga oshirilib "Yevro 4" va "Yevro 5" markali dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

"Yevro 4 va "Yevro 5" standartiga javob beradigan dizel yoqilgʻisi — yoqilgʻining yonish jarayonini takomillashtirish va uning sarfini kamaytirish, shovqin, tebranish va korroziya tezligini pasaytirish, dvigatelni ishga tushirishni osonlashtirish kabi afzalliklarga ega.

Asosiy mavzular