19:43 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
74320

Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda mehnat migratlari soliq toʻlashi bilan bogʻliq ayrim tushunmovchiliklarga oydinlik kiritdi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida mehnat migranti oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi va endi u qaysi soliqlarni toʻlashi mavzusidagi ayrim tushunmovchiliklarga oydinlik kiritildi.

Maʼlum qilinishicha, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi, ijtimoiy soliqni esa pensiya olish uchun ish stajiga ehtiyoj sezsagina toʻlaydi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi.

Ularga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi.

Soliq kodeksining 369-moddasiga  muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan  olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega boʻlishi uchun Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin, bu 2020 yil uchun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 soʻm) belgilangan.

“Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Oʻzbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlashning hojati yoʻq”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik mehnat migrantlarining oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilganini urgʻulagan.

Asosiy mavzular