Ipoteka bank ham xalqaro sarmoya bozoriga obligatsiyalarini chiqaradi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki va Milliy bankdan so‘ng Ipoteka bank ham o‘z obligatsiyalarini xalqaro sarmoyalar bozoriga chiqarmoqda.

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. O‘zbekistonning ATIB "Ipoteka bank"i ham xalqaro sarmoya bozoriga chiqdi. Bu haqida O‘zbekiston moliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Moliya vazilrigi va Ipoteka banki rahbariyati ishtirokida 300 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni chiqarish uchun 9-11 noyabr kunlari "Global Investor Call" va investorlar bilan yakkama yakka uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, - deyilgan  xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, kafolat beruvchilar (anderrayter) - JP Morgan (AQSh), MUFG (Yaponiya), Raiffeisen Bank Internationl (Avstiriya) va Societe Generale (Fransiya) kabi xalqaro miqyosda yetakchi banklardan iborat.

Mazkur tranzaksiya jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin O‘zbekiston Milliy banki ham London fond birjasida 5-yillik muddatli 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqargan edi. 

2019 yilning fevral oyida esa O‘zbekistn Markaziy banki qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan 10-yillik yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0