21:45 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
135 0 0

Oʻzbekiston hukumati qarori bilan bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi. Bojxona yigʻimlari stavkalari turi 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda (3 turdagi bojxona stavkasi biriktirilmoqda, 11 turdagisi bekor qilinmoqda).

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda hukumat qarori bilan bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi. Yangi stavkalar 2021 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi.

DBQ matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, yangi stavkalarni belgilashda Jahon savdo tashkiloti talablari inobatga olingan. 

Ayni vaqtda amalda boʻlgan bojxona yigʻimlari stavkalari Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 apreldagi “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 204-son qarori bilan belgilangan boʻlib, u oʻz ichiga 19 ta bojxona yigʻimlari turlari olgan edi. 

Bojxona yigʻimlari stavkalarining aksariyati foizda belgilangan boʻlib, Jahon savdo tashkilotining (JST) Savdo jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitim talablariga muvofiq emas. Jahon savdo tashkilotining Savdo jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitim talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bojxona yigʻimlari stavkalari JST va boshqa xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda belgilangan. 

Bundan tashqari stavkalarni belgilashda JST va Jahon bojxona tashkilotining asosiy talablaridan biri, yaʼni bojxona yigʻimlari faqatgina bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash asosida belgilanishi lozimligi inobatga olingan.

Qaror bilan:

• bojxona yigʻimlari stavkalari turi 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda (3 turdagi bojxona stavkasi biriktirilmoqda, 11 turdagisi bekor qilinmoqda);

• barcha bojxona yigʻimi stavkalari bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan holda qatʼiy belgilanmoqda;

• eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tovarlarni “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun yigʻim miqdori oʻrtacha 35 foizga pasaytirilmoqda;

(Masalan, eski tartibda 1 mln dollar miqdoridagi tovarning eksport bojxona yigʻimi 10 mln soʻmni (bir ming dollar), yangi stavkalarda yigʻim miqdori 5,6 mln soʻmni (560 dollar) tashkil qilgan holda eksportyor tadbirkorlarga bir yilda 27 milliard soʻm yengillik yaratilishi kutilmoqda.)

• bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni bojxona toʻlovlarisiz olib kirish meʼyoridan ortiq qismini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalari kamaytirilmoqda;

(Masalan, eski tartib boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan tovarlarning meʼyordan oshgan qismiga 0,2 foiz (ammo 25 dollardan kam boʻlmagan) miqdorida bojxona yigʻimi undirilgan.

Xususan, jismoniy shaxslar tomonidan temir yoʻl orqali shaxsiy ehtiyoji uchun 1 200 AQSH dollari miqdoridagi tovar olib kirilganda, uning bojxona toʻlovlariga tortiladigan 200 dollar qismi uchun 25 dollar (12,5 foiz), yangi tartib boʻyicha esa 5,5 dollar (BHMning 25 foizi) miqdorida yigʻim undiriladi.)

• bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bojxona yigʻimi joriy etilmoqda.

Asosiy mavzular