O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi

© Sputnik / Ilona XvarskiyaSbor urojaya mandarinov v Gulripshe
Sbor urojaya mandarinov v Gulripshe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rmon xo‘jaligi texnikumi kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish shakllarida bakalavriat darajasida kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Bu haqida 9-noyabr kuni qabul qilingan Hukumatning 701-sonli  qarorida aytib o‘tilgan.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi Toshkent tumani o‘rmon xo‘jaligi kolleji negizida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi, - deyilgan qarorda.

Ushbu Texnikum respublikadagi o‘rmonchilik sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘rmon xo‘jaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzluksizligi va uzviyligi asosida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim bosqichlarida oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlash Texnikumning asosiy vazifalaridan biridir.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi har yili 15-yanvarga qadar o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul parametrlariga takliflarni kasblar va mutaxassisliklar hamda hududlar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etib boradi.

Yangiliklar lentasi
0