Maishiy texnika eksporti oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSborka xolodilnikov
Sborka xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistondan muzlatgichlar eksporti Gruziya va Turkiyaga ilk bor yo‘lga qo‘yildi, Rossiyaga esa eksport 57 barobar oshdi.

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilning o‘tgan 10 oyida maishiy texnika eksportini oshirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi. 

2020 yilning o‘tgan 10 oyi davomida 5,2 million AQSh dollari qiymatidagi 32 452 dona muzlatgichlar eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58 %ga ko‘p. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, muzlatgichlarning 44,6 % Tojikistonga, 17 % Qirg‘izistonga, 15 % Ozarbayjonga va 11 % Qozog‘istonga eksport qilingan. Muzlatkichlarning eksporti Afg‘onistonga 28 barobarga, Turkmanistonga 30 barobarga va Rossiyaga 57,2 barobarga oshgan. Ilk bor Gruziya va Turkiyaga ham muzlatgichlar eksporti yo‘lga qo‘yilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0