16:25 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
421 0 0

Oʻzbekistonda bunga qadar Qozogʻiston eng koʻp koʻsht yetkazib beruvchi boʻlgan boʻlsa, endi bozordagi bu ulushni Belarus egallab olishni rejalashtirmoqda. 2020 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra Belarus Oʻzbekistonga eng yirik goʻsht yetkazib beruvchi maqomini olgan.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Qirgʻiziston hukumati qoshidagi monopoliyaga qarshi kurashish davlat agentligi respublikada goʻsht narxi nega oshib borayotganiga izoh berdi.

Bu jarayon Qozogʻistonda yirik shoxli chorva mollari eksportiga cheklovlar kiritilgani bilan bogʻliq, deya tushuntirgan agentlik.

"Qozogʻistonda chorva eksportiga kiritilgan taʼqiq tufayli Qirgʻizistonda chorva mollari Oʻzbekiston va Tojikiston tomonidan ommaviy xarid qilina boshladi. Bundan tashqari, olib sotarlarning aksariyati vaziyatdan foydalanib, narxni oshirib yubordilar, — deyiladi xabarda. — Qirgʻizistonda ham qishloq xoʻjaligi goʻsht sektoriga yangicha yondashuvlar kerak. Vazirlik Qozogʻiston sxemasini qoʻllash masalasini oʻylab koʻrishi zarur".

Sal oldin RFA V.M.Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari ilmiy tadqiqot markazlari va IT-texnologiyalarini iqtisodiy-tahlil tadqiqoti markazi rahbari Dmitriy Gordeyev sal avval Qozogʻiston tomonidan chorva eksportiga kiritilgan taʼqiqdan soʻng Oʻzbekistonga goʻsht xom-ashyosi yetishmovchiligi muammosini hal qilishga Belarus yordam bergani haqida aytgan edi.

Oʻzbekistonda bunga qadar Qozogʻiston eng koʻp koʻsht yetkazib beruvchi boʻlgan boʻlsa, endi bozordagi bu ulushni Belarus egallab olishni rejalashtirmoqda. 2020 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra Belarus Oʻzbekistonga eng yirik goʻsht yetkazib beruvchi maqomini olgan.

Asosiy mavzular