16:06 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
26501

Yanvardan oktyabrgacha boʻlgan muddatda aholi tomonidan banklarga 3,7 milliard dollar sotilgan 3,3 milliard dollar sotib olingan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar koʻp demakdir.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 25 foizga yoki 744 mln. dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot-xizmati maʼlum qilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklarda sotib olingan valyuta hajmi esa 3,3 mlrd. dollarga teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida – 1,2 mlrd. doll.).

Bunda ushbu mablagʻlarning 79 foizi aholi tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd koʻrinishda hamda 21 foizi yoki 687 mln. doll. muqobil tartibda (onlayn konversiya, avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlari va hokazo) xarid qilingan.

Natijada ushbu operatsiyalar boʻyicha ijobiy saldo (sof taklif) 350 mln. dollarga yetdi.

Asosiy mavzular