16:53 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
159 0 0

Hisob Palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan "Davlat Byudjeti-2021 toʻgʻrisidagi qonun" loyihasiga bir qator muhim takliflar kiritdi.

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob Palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan, "2021 yil Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni loyihasi" borasida oʻz taklif va xulosalarini eʼlon qildi.

Davlat Byudjeti 2021 xarajatlari borasida takliflar:

  1. Davlat qarzi miqdorini YAIMning 50%idan oshirmaslik. Iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tavsiyasiga muvofiq – davlat qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotning 50% idan oshmasligi kerak. Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Byudjet loyihasida ushbu koʻrsatgich 60%dan oshmasligi koʻrsatilgan. 
  2. Rivojlangan malakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi toʻlash kerak boʻlgan davlat qarzi miqdorini Davlat Byudjeti 2021 xarajatlar qismida aks ettirish lozim. (2021 yilda Davlat Qarzi 25,5 mlrd dollar boʻlishi prognoz qilinmoqda)
  3. Davlat Maqsadli jamgʻarmalari xarajatlarini toʻgʻri hisoblash. 2021 Davlat Byudjetida ularga ehtiyojidan ortiq 1 311,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan. Undan tashqari, Davlat Maqsadli jamgʻarmalarida yil oxirida xarajat qilinmay qolgan mablagʻlar hisobga olinmagan.
  4. Birinchi darajali Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan ish haqi xarajatlarini alohida qatorda koʻrsatish – maqsadga muvofiq. Bu ishchilari maoshlarini boshqa maqsadlarga ishlatib yubormaslik uchun, hamda byudjet shaffofligi uchun xizmat qiladi.
  5. Shuningdek, davlat ishchilari maoshini kamaytirmaslik (indeksatsiya), chunki kutilayotgan inflyatsiya baribir real daromadlar tushishiga olib keladi. Kelgusi yilda 10% ga qisqartirilishi rejalashtirilayotgan davlat ishchilari maoshlarini (550 mlrd. soʻm) – byudjet tashkilotlari xodimlarni ragʻbatlantirish maxsus fondlariga oʻtkazish.
  6. Mahalliy hokimiyatlar zahira jamgʻarmalariga ajratilayotgan mablagʻlarni ushbu muassasa byudjetlari umumiy xarajatlarining 1% dan 0,5% gacha qisqartirish. Chunki zahira fondlari xarajatlarining oʻtgan yilgi tahliliga koʻra, aksariyat hollarda, ushbu mablagʻlarning 80% hokimiyat moddiy texnika bazasini yangilash, avtomobil va orgtexnika xaridi uchun sarflangan. Taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalariga 5 %dan kam mablagʻ sarflangan.
  7. Koʻp qavatli koʻp xonadonli uylardagi liftlarni yoppasiga byudjet hisobidan yangilash taklifini rad etish. Buning oʻrniga barcha liftlarni inventarizatsiya qilish, oʻtgan yillarda ushbu maqsadda ajratilgan mablagʻlar sarfini tekshirish va liftlarni almashtirish uchun byudjetdan boshqa manbaa topish.
  8. Byudjetda 898 mlrd soʻm xarajatlar ortiqcha hisoblangan. Xususan, prezident qaroriga muvofiq 2021 yilning 1 yanvaridan byudjet ishchilari sonini 10%ga qisqartirish natijasida 550 mlrd. soʻmi xarajat kamayishi hisobga olinmagan. Ikkinchidan, aholini roʻyxatga olish tadbiri 2023 yilga qoldirilishi munosabati bilan 80 mlrd. soʻm tejab qolinishi va boshqa xarajatlar.
Hisob Palatasining umumiy xulosasi: Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 2021 yilgi Davlat Byudjeti loyihasi - respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq deb hisoblaydi.

Shu bilan birga Byudjetni samarali amalga oshirish, uning shaffofligini taʼminlash maqsadida Respublika Hisob Palatasi tomonidan berilgan takliflarni inobatga olish masadga muvofiq boʻladi, deyilgan taklif yakunida.   

Asosiy mavzular