16:05 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
130 0 0

VEB.RF Rossiya banklari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda uglevodorodlar qazib olishning ikkinchi bosqichiga sarmoya kiritishga tayyor.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Rossiyaning VEB.RF kompaniyasi Oʻzbekistonda uglevodorodlar qazib olish sohasiga sarmoya kiritishga tayyor,deb xabar qilmoqda davlat korporatsiyasi matbuot xizmati.

"VEB.RF Rossiya banklari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan uglevodorod xom-ashyosi qazib olishning ikkinchi bosqichiga sarmoya kiritishga tayyor. Rejalashtirilayotgan sarmoyalar miqdori 650 million dollarni tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu haqidagi memorandum “Oʻzbekneftgaz” hamda VEB kompaniyasi rahbariyati orasida imzolangan. Rossiya tomonidan ushbu hujjatga VEB raisi oʻrinbosari Daniil Algulyan va Oʻzbekiston tomonidan "Oʻzbekneftegaz" boshqaruv raisi Mexriddin Abdullayev imzo chekishgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi – VEB kompaniyasining bir qator yirik loyihalar boʻyicha eng yirk hamkorlaridan biri. VEB bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Endi biz Oʻzbekistonlik hamkorlarimiz bilan neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqchimiz”, - dedi Algulyan.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Oʻzbekiston Resbulikasi hamda VEB kompaniyasi rahbariyati umumiy qiymati 40 million yevro boʻlgan Rossiya yuqor texnologiyali mahsulotlarini yetkazib berish haqida shartnoma imzolagan edi. Ushbu mahsulot “Oʻzneftgaz” ishlab chiqarish obʼyektlari uskunalarini yangilashga moʻljallangan.

Asosiy mavzular