19:26 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
328 0 0

Telefon muloqoti davomida Qirgʻiziston bosh vaziri v.b. va Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish hamda oʻzaro savdo hajmlarini oshirish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artem Novikov va Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Sardor Umurzakov oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda QR vazirlar mahkamasi matbuot-xizmati.

Suhbat davomida Novikov koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari doirasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan koʻrsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

"Suhbat davomida savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish va ikki davlat hamkorligida ikki davlatning chegaraoldi hududlarida ishlab-chiqarish kooperatsiyasi, savdo-logistika markazlari, erkin-iqtisodiy zonalar qurish orqali savdo nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

2020 yilning dekabrida chegara oldi viloyatlari rahbarlari kengashining uchinchi yigʻilishini oʻtkazishga kelishilgan. Bu yigʻilish doirasida mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlashni oshirish maqsadida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini (yoʻl xaritasini) imzolash rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular