16:15 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
95220

2020 yilda Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 3 mingdan ortiq avtomobil olib kelingan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 18 baravar koʻp.

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. Ushbu yilning dastlabki 10 oyida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidan Oʻzbekistonga avtomobillar importi 18 baravar oshdi, deb xabar qilmoqda LS nashri. 

Qozogʻiston Avtobiznesi assotsiatsiyasi xabariga koʻra, ushbu yilda Qozogʻistondan avtomobil eksporti miqdori 3 baravariga oshib, jami 6 mingni tashkil qilgan. Oʻtgan yilda Qozogʻiston 1,9 ming dona avtomobil eksport qilgan edi. 

Eng koʻp avtomobil Oʻzbekistonga eksport qilindi - 3,1 ming dona (+1872%), ikkinchi oʻrinda Rossiya - 2,8 ming dona (+64%), Qirgʻizistonga - 59 ta avtomobil (+228%) va Belarus - 55 avto  (+129%), - deyilgan xabarda. Pul hisobida Oʻzbekistonga - 67 mln dollar, Rossiyaga - 25 mln, Belarusga - 528 ming va Qirgʻizistonga -507 ming dollarlik avtomobillar eksport qilingan. 

Assotsitsiya prognoziga koʻra yil oxiriga qadar avtomobil eksporti miqdori 7 ming donadan oshib ketadi.

Maʼlumot uchun, Qozogʻistonda bir necha avtomobil zavodlari bor. Ulardan eng kattasi Kostanay viloyatidagi "Sarыkarkaavtoprom" korxonasidir. Bu yerda Xitoyning JAC, Yutong, Ankai yengil va yuk avtomobillari va avtobuslari ishlab chiqariladi. Shuningdek Chevrolet, Ravon va Hyundai avtomobillari ham ishlab chiqariladi.   

Undan tashqari tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi Ust-Kamenogorsk shahrida "Aziya avto", Semipalatinskda "SemAZ" va Kokshetauda "KAMAZ Injiniring" hamda Olma-Otada Hyundai Trans Kazakhstan va Daewoo Bus Kazakhstan korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.

2020 yilning 10 oyida Qozogʻistonda jami 61,8 ming transport vositasi ishlab chiqarilgan. Ulardan yengil avtomobillar ulushi 51,5 %ni tashkil qilgan. 

Asosiy mavzular