01:09 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
50320

Dengiz savdo yoʻllariga chiqish imkoni boʻlmagan Oʻzbekiston iqtisodi 2020 yilda oʻsishi kutilmoqda -  xalqaro ekspertlar prognozi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. 2020 yilda iqtisodi oʻsishi kutilayotgan sanoqli mamlakatlar qatorida boʻlgan Oʻzbekiston ikkinchi marotaba yevroobligatsiyalar bozoriga chiqdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Payshanba kuni eʼlon ochilgan savdoda Oʻzbekiston muddati 10 yil boʻlgan 555 million dollarlik obligatsiyalarni 3,7 % stavkasida sotishga muvaffaq boʻlgan. Undan tashqari Oʻzbekiston ilk bor mahalliy valyutada muddati 3 yil boʻlgan qiymati 2 trln. soʻmlik (193 mln. dollar) obligatsiyalarni ham sotishga muvaffaq boʻldi.

Bloomberg xulosasiga koʻra, Oʻzbekistonning xalqaro moliya bozordagi muvaffaqiyati bir necha sabablarga bogʻliq. Fitch Ratings va S&P Global Ratings kabi xalqaro investitsion reytinglarda past darajada boʻlsa-da, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston 2020 yilni iqtisodiy oʻsish bilan yakunlaydigan sanoqli mamlakatlar qatorida boʻladi.

Moskvada joylashgan “Renessans Kapital” tahliliy agentligi bosh iqtisodchisi Sofya Donets xulosasiga koʻra, Oʻzbekistonga koronavirusni yengishda uning nisbatan yosh aholisi hamda iqtisodning qishloq xoʻjaligi, sanoat va qurilish tomon burilishi sabab boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ilk bor xalqaro obligatsiyalar bozoriga 2019 yilning fevral oyida chiqqan edi. Oʻshanda respublika 10 yillik obligatsiyalarni 5% daromad miqdori bilan emissiya qilgan edi.

Berlinda joylashgan Capitulum Asset Management kompanyasining bosh sarmoyaviy direktori Lutts Remeyer aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonning birinchi yevrobondlar bozoriga chiqishi muvaffaqiyatli oʻtishiga birinchidan - ilk emissiya boʻlgani va ikkinchidan respublikaning tashqi qarzi miqdori kam boʻlgani sabab boʻlgan.  

Ikkinchi emissiyada Oʻzbekistonga Citigroup Inc., “Gazprombank”, JPMorgan Chase & Co., Societe Generale SA, VTB Kapital va boshqa moliyaviy korxonalar menedjer va bukranner sifatida yordam berishmoqda.

Bloomberg: Uzbekistan budet odnoy iz nemnogix stran, prodemonstrirovavshix ekonomicheskiy rost v 2020 godu

Asosiy mavzular