17:42 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
32401

Ushbu yilning 10 oyida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida jami import miqdori oʻtgan yilga nisbatan - 16% jami eksport miqdori esa - 7,4 %ga kamaygani qayd etildi.

TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. Davlat Statistika qoʻmitasi 2020 yilning yanvar - oktyabr oylarida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan savdo aylanmasi maʼlumotlarini eʼlon qildi. 

Unga koʻra, Oʻzbekistonning eng yirik tashqi hamkori

  1. Xitoy. Ushbu davlat bilan umumiy savdo aylanmasi 5,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Undan eksport – 1,6 mlrd., import 3,5 mlrd. dollar.
  2. Rossiya. Umumiy savdo aylanmasi miqdori - 4,5 mlrd., boʻlib, undan eksport – 1,2 mlrd., import - 3,3 mlrd. dollar.  
  3. Qozogʻiston. Umumiy savdo miqdori – 2,3 mlrd., undan eksport – 729,4 mln., import 1,5 mlrd. dollar. 
  4. Koreya Respublikasi – 1,8 mlrd., eksport – 38,4 mln., import 1735,1 mln. $
  5. Turkiya – 1654,8 mln., eksport – 785,8 mln., import 869,0 mln. $
  6. Qirgʻiz Respublikasi – 736,3 mln., eksport – 622,4 mln., import 113,9 mln. $
  7. Germaniya – 643,6 mln., eksport – 59,6 mln., import 584,0 mln. $
  8. Afgʻoniston – 611,4 mln., eksport – 609,5 mln., import 1,9 mln. $
  9. Chexiya – 499,1 mln., eksport – 30,8 mln., import 468,2 mln. $
  10. Tojikiston – 394,3 mln., eksport – 318,3 mln., import 76,0 mln. $

2020 yilning 10 oyida  Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi 2019 yilning mos davriga nisbatan oʻrtacha 12 % kamaygani qayd etilgan. Xususan, oʻtgan yilning shu davrida umumiy savdo aylanmasi miqdori 34,3 mlrd dollarni tashkil qilgan boʻlsa, bu yil ushbu koʻrsatgich - 30 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bunda eksport kamayishi oʻrtacha 7,4 % kuzatilgan boʻlsa import kamayishi - 16 % kuzatilgan. 

 

 

Asosiy mavzular