O‘zbekiston tashqi qarzi ko‘pmi yoki kam?

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori 27 mlrd. dollardan oshdi. XVJ tavsiyanomasiga muvofiq tashqi qarz YaIMning 50 %idan oshmasa yaxshi.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. 2020-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi tashqi qarzi miqdori 27,6 milliard  dollarni tashkil qildi. Bu haqida bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari Otabek Tojiddinov xabar qildi.

© MBO‘zbekiston tashqi qarzi
O‘zbekiston tashqi qarzi ko‘pmi yoki kam? - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi qarzi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashqi qarzning 17,5 mlrd dollari davlat qarzi hamda 10,1 mlrd. dollari xususiy sektor qarziga to‘g‘ri keladi.Undan aksariyati (74%) 10-yil yoki undan uzoq muddatga olingan kreditlardir.

Xususiy sektor qarzlarining 45 % - bank sektoriga va 44 % - neft va gaz sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashqi qarzning 71 % - AQSh dollarida, 12% - Yevro va 7 %- Yapon iyenasida olingan.

Tashqi qarz dinamikasi borasida gapirganda, so‘nggi 3-yil davomida O‘zbekiston tashqi qarzi sezilarli darajada o‘sib kelayotganini kuzatish mumkin.

Xususan, 2017-yilda jami tashqi qarz miqldori 17,3 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa 2019-yilda u 24,5 mlrdga yetgan va 2020-yilning birinchi yarmida 27,6 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. Yil oxirigacha ushbu ko‘rsatgich yanada o‘sishi kutilmoqda.

© MBO‘zbekiston tashqi qarzi o‘sishi
O‘zbekiston tashqi qarzi ko‘pmi yoki kam? - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi qarzi o‘sishi

Markaziy bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, davlat tomonidan olingan barcha tashqi qarzlar muayan loyihalarda foydalanish maqsadida olingan bo‘lib ularning barchasi qarzlarga xizmat  ko‘rsatish grafiki asosida so‘ndirib kelinmoqda. O‘zbekiston tomonidan hali biror marotaba to‘lovni kechiktirish holatiga yo‘l qo‘yilgani yo‘q.

Xususiy sektor qarzlarni ham har birining o‘z biznes rejalari bor va ular asosida so‘ndirish rejalashtirilgan.

Flag Kirgizii Flag Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Xitoydan yana bir bor tashqi qarz yukini yengillatishni so‘radi

Ushbu davlat qarzi miqdori ko‘pmi yoki kam degan savolga javob berish oson emas. Chunki kimningdir qarzlari juda ko‘p, lekin iqtisod ham shunga yarasha ishlamoqda, rivojlanmoqda va qarzlar o‘z vaqtida to‘lanmoqda. Boshqalarning qarzi ozroq bo‘lsada uni to‘lashga mablag‘ yo‘q.

Bu borada mutaxassislar odatda XVJ tavsiyanomasiga murojaat qilishadi. Unda aytilishiga ko‘ra, davlatning tashqi qarzi YaIM miqdorining 50%idan ortiq bo‘lmasligi kerak. O‘shanda iqtisod ishlashi barqaror bo‘ladi.

Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 birinchi yarim yilligida O‘zbekiston YaIM miqdori 26 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar ushbu raqam 2 baravar o‘sishi kutilmoqda. 2019-yilda O‘zbekiston YaIMi – 58,3 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0