09:54 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
322 0 0

AQSH neftni qayta ishlash zavodlari yopilayotgan vaqtda Xitoyda 4ta yangi zavod ochilmoqda. Ular plastmassa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻladi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. 2021 yilda AQSH neftni qayta ishlash bozorida yetakchilikni Xitoyga boy berishi mumkin, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi, Xalqaro Energetika agentligi prognozlariga asosan.

AQShda yirk va hali eskirmagan neftni qayta ishlash zavodalari yopilayotgan bir vaqtda, masalan Luizianadagi Royal Dutch Shell Plc, Xitoyda bir vaqtning oʻzida 4ta yangi neft zavodi qurilmoqda. Ularning qayta ishlash quvvati bir sutkada 1,2 million barrelni tashkil qiladi. Bu butun Britaniya neft sanoatiga teng.

Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda neftga boʻlgan talab kamaydi. Bu albatta neftni qayta ishlash zavodlariga ham taʼsir qildi. Qayta ishlanadiga neft hajmi  rekord darajadagi 1,7 million barrelga  qasqardi. Undan yarmi AQSH zavodlariga toʻgʻri keldi.

Undan tashqari Xitoyda neft va undan olinadigan plastmassaga ehtiyoj oʻsishi kuzatilayotgan bir vaqtda, AQSH va Yevropada bu sohada chuqur krizis kuzatilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda esa – muqobil energiya manbaalari paydo boʻlmoqda.

Xitoyda neftni qayta ishlash hajmi oshishi, Hindiston va Yaqin Sharqda zavodlar qurilishi xalqaro energetika tizimiga taʼsir qilmy iloji yoʻq. Wood Machenzie izlanishlar kompaniyasi xulosasiga koʻra, yaqin kelajakda aynan Osiyoda neftni qayta ishlash hajmi oshadi va ular asosan plastik ishlab chiqishga ixtisoslashgan boʻladi.

“Yaqin 1 yoki 2 yil ichida Xitoy neftni qayta ishlash boʻyicha AQShdan oʻzib ketadi”, - deb Facts Global Energy kompaniyasi direktori Stiv Soyerning soʻzlarini keltiradi nashr.

Lekin quvvatlar oshsa-da, pandemiyadan soʻng iqtisodni tiklab olish uchun bir necha yil kerak boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular