07:06 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
182 0 0

Issiqxonalar kuz-qish mavsumida muqobil energiya turiga oʻtishi ular bilan tuzilgan shartnomalarda koʻrsatilgan - vazirlik.

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Gaz isteʼmoli keskin oshadigan kuz-qish davrida issiqxonalar muqobil yoqilgʻi taʼminotiga ega boʻlishi kerar, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi.

"Butun yil davomida boʻlmasa ham, kuz-qish davrida ular yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanishi va shartnomada nazarda tutilganidek, ularga mos keladigan taʼminotga ega boʻlishi kerak", - deyilgan vazirlik xabarida. 

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin issiqxonalarga gaz yetkazib berish toʻxtatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi. Energetika vazirligi ushbu tartib issiqhonalar bilan ishlash shartnomasida nazarda tutilganini aytib oʻtdi. 

Issiqxona xoʻjaliklari tabiiy gazning mavsumiy isteʼmolchilari boʻlib, bu haqda gaz taʼminoti tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarida oʻz aksini topgan. Hujjatlarga koʻra, kuz-qish davrida mavsumiy isteʼmolchilar kamida uch oy davomida foydalanishi uchun muqobil yoqilgʻi – koʻmir mahsulotlari zahirasiga ega boʻlishlari kerak, - deyilgan vazirlik izohida.

Asosiy mavzular