10:55 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
114 0 0

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta eʼtibor va kreditlar ajratilayotgani, hokimlar va sektor rahbarlari tomonidan "biznes-patronaj" tashkil qilish taklif etildi.

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha tuman hokimlari hisobotlari tinglashda davom etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yil boshida har bir viloyat, tuman hokimlari va sektor rahbarlari oldida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlari yaratish vazifasi qoʻyilgan edi.  

Kecha, 24 noyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida tuman hokimlari hisobotlari tinglandi. Ularda qayd etilishiga koʻra, Sirdaryo viloyatida 10 oyda 12 mingta doimiy ish oʻrni tashkil etilgan. Natijada “temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning qariyb 90 % bandligi taʼminlangan.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Kitob tumani, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Uchquduq, Navbahor tumanlari va Zarafshon shahrida koʻp ish oʻrni yaratilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ishlar tanqid qilindi.

Ish oʻrinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qoʻyildi.

Shu bilan birga, respublika boʻyicha tadbirkorlik uchun yaratilgan imtiyozlar natijasida 10 oyda 78 mingta korxona tashkil etilgani va pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korxona oʻz faoliyatini tiklagani ham qayd etildi.

Shuningdek, joylarda infratuzilmani yaxshilash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan 22 ta tuman uchun investitsiya dasturi doirasida 264 milliard soʻm, boshqa hududlar uchun qoʻshimcha 736 milliard soʻm yoʻnaltirilishi qayd etildi.

Asosiy mavzular