23:14 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
67920

Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan avtomobillarning katta qismi Qozogʻistonga eksport qilinmoqda - yil boshidan buyon 11 048 dona avtomobil joʻnatilgan.

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Ushbu yilda Oʻzbekistondan yengil avtombillar eksporti 1,7 baravarga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi. 

2020 yilning yanvar-oktyabr oyida xorijiy mamlakatlarga 13 310 dona avtomobil joʻnatilgan. Ularning umumiy qiymati 127,2 million dollarni tashkil qilgan.  

Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan avtomobillarning eng yirik importyorlari:

  • Qozogʻiston — 109,8 million $ (11 048 dona avtom.);
  • Rossiya — 2,2 million $;
  • Tadjikistan — 1,2 million $;
  • Ukraina — 6,4 million $;
  • Ozarbayjon — 6,2 million $. 
  • Qolgan mamlakatlar - 1,4 million $.

Oʻzbekistonga avtomobil importi ham oshib bormoqda. Ushbu yilning yanvar oyidan buyon respublikaga 22 228 dona yengil avtomobil olib kelingan. Ularning umumiy qiymati 392,8 mln. dollarni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan ov 34,7%ga koʻp. 

Eslatib oʻtamiz, UzAuto Motors kompaniyasi ushbu yilda ishlab chiqarish hajmi oshganini xabar qilgan edi. Bunga ichki va tashqi talabning oshishi sabab boʻlgan. Lekin QQS va soliq imtiyozlari bekor qilingani tufayli korxona sof daromadi miqdori 2 baravar kamaygan. 

Asosiy mavzular