02:41 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
89511

Oʻzbekistondan olib kelingan mahsulotlarda YEOII karantin obʼyektlari roʻyxatida boʻlgan - pomidorlar jigarrang burushiqlik virusi (ToBRFV))virusi aniqlangan.

TOSHKENT, 26 noya - Sputnik. Rossiyaga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taʼqiqlandi, chunki ularda yuqumli virus borligi aniqlangan. 

"Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat boʻyicha Federal xizmati 2020 yilning 26 noyabridan boshlab Rossiya hududiga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampirlarni olib kirishni taʼqiqlaydi. Bunday chora Oʻzbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV))aniqlanishi munosabati bilan amalga oshirilgan", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Rosselxoznadzor ushbu zararkunandaning Rossiya Federatsiyasi hududida tarqalishini oldini olish maqsadida Fargʻona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirlarni olib kirishga cheklov oʻrnatdi. 

Pomidorlar jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) - YEOII komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin obʼyektlar Yagona roʻyxatiga kiritilgan. Rosselxoznadzor 2020 yilning 27 iyulidan boshlab ushbu viruslarning mahsulot urugʻlari va koʻchatlari tarkibida boʻlishiga ham taʼqiq kiritgan edi.

Asosiy mavzular