Qashqadaryoda 2021-yil - Tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi

© Press-slujba prezidentaV Karshi otkrilas Klinika ozdorovleniya i privatizatsii predpriyatiy
V Karshi otkrilas Klinika ozdorovleniya i privatizatsii predpriyatiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryoda kelayotgan 2-yil davomida 1 milliard dollardan ortiq sarmoyalarni o‘zlashtirib, 19 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Qashqadaryoda 2021-yil - Tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy holatini qattiq tanqid qildi

Qashqadaryoda kelgusi 1-2 yil davomida katta miqdordagi xorijiy va mahalliy sarmoyalar evaziga iqtisodning qator sohalarda mingdan ortiq loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xususan, kelgusi yilda tijorat banklarining 650 milliard so‘mlik kreditlari asosida xizmat ko‘rsatish sohasida 500 ta yangi loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelayotgan 2-yil davomida 1 milliard dollarga yaqin xorijiy investitsiyalar evaziga  1153 ta investitsiya loyihalari amalga oshirib, 19 mingta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilganni aytib o‘tildi.

Undan tashqari, Shahrisabz shahri, Nishon, Dehqonobod, Yakkabog‘, Mirishkor, G‘uzor, Shahrisabz, Muborak tumanlarida tashkil etiladigan 11 ta kichik sanoat zonasida loyihalarni joylashtirish va infratuzilmaga ulash kerakligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr gosudarstvennix uslug i Texnopark v Karshi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qarshida Davlat xizmatlari markazi va Texnoparkka tashrif buyurdi

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan 81 ming gektar yerni o‘zlashtirish, 63 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish belgilangan edi.

Qarshi, Qamashi va Koson tumanlarida 1200 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar, Dehqonobod tumani hamda viloyatning tog‘oldi hududlarida pista va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil qilish zarurligi aytilgandi.

Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz hamda Kitob tumanlarida 20 ming gektarda intensiv bog‘ va uzumzorlar yaratish orqali viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlash darajasini 25 %ga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0