12:45 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
26210

Oʻzbekiston temir yoʻllari qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda "Tebinbuloq" KMKda temir rudasi va vanadiy shlaki ishlab chiqarish samaradorligini tasdiqladi.

TOSHKENT,  27 noya – Sputnik. “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasining dastlabki bosqichi samaradorligi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda OʻTY AJ.

“Tebinbuloq” KMK loyihasi - yiliga 27 million tonna ruda qazib olish va undan 1 million tonna temir prokat mahsulotlari va vanadiy shlaki ishlab chiqarishga moʻljallangan, lekin jarayon dastlab temir rudasining boyitilishini talab qiladi.

NGMK po sey den ostayetsya odnim iz krupneyshix kombinatov v mire
© Foto : Iz lichnogo arxiva Ili Buyanovskogo

"Oʻzbekiston temir yoʻllari", Avstriya va Germaniyaning bir necha maslahatchi kompaniyalari bilan birgalikda, ruda qazib olishdan to poʻlat mahsulotlar ishlab chiqarishga qadar boʻlgan jarayon uchun texnologik reglamentlarni ishlab chiqdi.

Ruda tarkibidagi temir miqdori kamligiga qaramay, tanlangan texnologiya va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulot sifatida vanadiy shlakini ishlab chiqarish yordamida loyiha iqtisodiy samaradorligi 8 yilni tashkil qildi.

Tanlangan texnologiya boʻyicha mustaqil ekspert xulosasini olish uchun Rossiyaning TOMS - Mineral xom-ashyoni boyitish texnologiyalari institutiga murojaat qilindi.

Institut 2020 yilning yanvaridan sentyabr oyigacha ruda namunalarini boyitish boʻyicha 3 bosqichli texnologik tadqiqotlar oʻtkazib, ruda tarkibida temir miqdori 67 % dan yuqori boʻlgan kontsentrat olindi. Bu bilan temir rudalarini boyitish imkoniyati yana bir bor tasdiqlandi, - deyilgan xabarda.

Olingan natijalar boʻyicha mutaxassislar xalqaro standartlarga muvofiq Bank texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqdilar, bu esa oʻz navbatida ushbu loyihani rivojlantirishning keyingi bosqichlarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish masalasini hal qilishga imkon beradi.

Eslatib oʻtamiz, “Tebinbuloq” KMK qurilishi Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 12 yanvardagi 3473-sonli qarori bilan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. JORC kodeksi boʻyicha Tebinbuloq konining resurs zaxirasi taxminan 1 milliard tonnani tashkil etadi.

Kon-metallurgiya majmuasi yiliga 800 ming tonna armatura, 100 ming tonna poʻlat simlar, 100 ming tonna burchakli temir, shveller va boshqa shakldagi metallarni ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. Mahsulotning 35 foizini eksport qilinishi koʻzda tutilgan. Majmuada 3 mingdan ortiq kishi ish bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.

Investproyekt po stroitelstvu gorno-metallurgicheskogo kompleksa na baze mestorojdeniya Tebinbulak

Asosiy mavzular