O‘zbekiston ilk bor eTIR jarayoni orqali Qozog‘istonga yuk jo‘natdi

© IRUOtpravlen pilotniy gruz po eTIR
Otpravlen pilotniy gruz po eTIR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
eTIR - yuk jo‘natuvchi, tashuvchi, qabul qiluvchi va bojxona organlariga katta qulaylik va tezkorlikni ta’minlovchi elektron hujjatlar tizimidir.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston ilk bor eTIR jarayoni orqali xalqaro yuk tashishni amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda Xalqaro avtotransport ittifoqi.   

Dastlabki partiya yuk Toshkentdan Chimkent shahriga jo‘natildi. Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda ikki davlab bojxona organlari ham tranzit garantiyalarini tez va muvaffaqiyatli rasmiylashtirishdi, - deyilgan xabarda.    

eTIR - Avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishda yuk tashishda elektron hujjatlar tizimidir. Ushbu tizim xalqaro yuk tashish tizimining barcha ishtirokchilari:  yuk jo‘natuvchi, tashuvchi, qabul qiluvchi va bojxona organlariga katta qulaylik va tezkorlikni ta’minlaydi. Qog‘oz hujjatlar hajmini keskin kamaytiradi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda eTIR jarayonini joriy etish Umumjahon avtotransport tashkiloti (IRU) boshchiligida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), O‘Zbekiston va Qozog‘iston bojxona organlari hamda xalqaro avtotransport assotsiatsiyalari AIRCUZ va KazATO yordamida amalga oshirildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida eTIR tizimining joriy etilishi chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirishi, yuk tashishi muddatlarini va xarajatldarini qisqartiradi. Shuningdek hujjatlarni qozog‘siz rasmiylashtirish haydovchi va bojxona xodimlari orasida muloqotni kamaytiradi. Bu esa koronavirus tarqalishini oldini oladi. 

Yangiliklar lentasi
0